Pensiya oʻz vaqtida tushmasa, qayerga murojaat qilish kerak?
Maʼlumki, bank plastik kartada pensiya oluvchi fuqarolarga pensiyalar har oyning 5-sanasiga qadar, naqd shaklda oluvchilarga esa 4-27 sanalarga qadar yetkaziladi.
Pensiya jamgʻarmasi mazkur belgilangan muddatlarda mablagʻlar yetkazilmagan pensioner kimga yoki qayerga murojaat qilishlari kerakligi toʻgʻrisidagi savollarga javob berdi.
Maʼlum qilishicha, bunday holatlarda murojaatchilar Pensiya jamgʻarmasining 1271 ishonch raqamiga, Telegrammʼdagi “pensiyauzbot” botiga, shuningdek, Instagram, Facebook hamda rasmiy veb-sayt orqali onlayn shaklda murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
“Ushbu murojaatlar shu zahotiyoq koʻrib chiqilib, batafsil maʼlumot beriladi”, — deyiladi jamgʻarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring