Pele oilasi bilan xayrlashgan. Uning ahvoli ogʻirlashmoqda
Foto: Reuters
Britaniyalik tadbirkor, sport menejeri Frenk Xolid ijtimoiy tarmoqlarda afsonaviy braziliyalik futbolchi Pelening ahvoli yomonlashgani haqida yozdi.
«Pele oilasi va doʻstlari bilan xayrlashmoqda. Futbol afsonasi asta-sekin saraton kasalligiga qarshi kurashda yutqazmoqda.
Oilasi uning ahvoli tobora yomonlashayotganini aytmoqda», deydi Frenk Xolid.
Avvalroq, Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pelening qizi Keli Nasimento ijtimoiy tarmoqda otasi bilan kasalxonada tushgan suratini joylashtirgandi.
82 yoshli braziliyalik saraton kasalligi rivojlangan, shuningdek, buyrak va yurak faoliyati buzilganligi sababli reanimatsiyada qolmoqda.
22-dekabr kuni Pelening sogʻligʻi buyrak va yurak faoliyatining buzilishi tufayli yomonlashgani maʼlum boʻldi.
Pele sogʻligʻi yomonlashgani sababli 29-noyabr kuni kasalxonaga yotqizilgan edi. Keyinchalik uning yoʻgʻon ichak saratonini davolash doirasida oʻtkazgan kimyoviy terapiyasi oʻz samarasini bermay qolgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Ammo 12-dekabr kuni afsonaviy futbolchining ahvoli yaxshilangani maʼlum qilingan edi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring