Payariq tumani hokimi ishdan olindi

12:05 05 Avgust 2025 Siyosat
320 0

Foto: OʻzA

Samarqand viloyati Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 5-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2023-yil avgust oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan I.Jabborov vazifasidan ozod etilgan.

Shundan soʻng shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlagan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Maʼlumot uchun, Xudoyberdiyev bundan avval Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Pastdargʻom tumani hokimi vazifalarida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?