Pastdargʻomda 5 million dollarlik avtosanoat loyihasi yoʻlga qoʻyildi
Pastdargʻom tumanida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar samarasi oʻlaroq, tumanda salohiyatli tadbirkorlar safining kun sayin ortib borayotgani kuzatilmoqda.
Xususan, Balxiyon mahallasida qiymati 5 million dollar boʻlgan, shundan 2 million dollari xorijiy investitsiyadan iborat yangi yirik loyiha yoʻlga qoʻyilmoqda. Loyiha doirasida “Foton” brendi ostidagi pikap, yuk mashinalari hamda mikroavtobuslarni yigʻishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona barpo etilmoqda.
“Ulugʻbek ICHTV” MCHJ va Xitoyning “SAMIST AUTO” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu ishlab chiqarish majmuasi kelgusi yilda faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda 50 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring