Parlamentlar rahbarlarining 5-butunjahon konferensiyasi oʻtkazildi

Vena shahrida Parlamentlararo ittifoq parlamentlar rahbarlarining 5-butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda dunyoning 115 parlamentidan 850 ga yaqin delegat ishtirok etdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
Tadbirda pandemiya davrida gender tenglik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik muammolarni hal etish, barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish hamda bu borada parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Senat Raisi T.Narbayeva oʻz chiqishida Oʻzbekistonda Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida odamlarning yashash tarzini yanada yaxshilash, BRMni amalga oshirish, ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan islohotlar olib borilayotganini qayd etdi.
BMT Bosh Assambleyasi va Inson huquqlari Kengashi sessiyalarida Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tashabbuslar, jumladan, BRMga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish, Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish, pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari haqidagi tashabbuslarni targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
Konferensiya soʻngida “Odamlar va sayyoramiz uchun tinchlik va barqaror rivojlanish maqsadida samarali koʻp tomonlama hamkorlik uchun parlament yetakchligi boʻyicha oliy darajadagi deklaratsiya” qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring