Parlament qonunchilik muammolarini tadqiq etishda Germaniya bilan hamkorlik qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining xalqaro hamkorlari soni yana bittaga ko‘paydi. Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda institut o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandumga ko‘ra, parlamentarizm va qonunchilik muammolarini analitik tadqiq etishga ko‘maklashish, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi olim va jamoat arboblari ishtirokida simpoziumlar o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, institut olimlari Germaniyaning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlarida malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun, F. Ebert nomidagi jamg‘arma 1928 yilda asos solingan nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, yurtimizda 1997 yildan buyon faoliyat olib boradi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi – davlat va jamoat tashkilotlariga ekspert-tahliliy yordam ko‘rsatish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tadbirlar tashkil etishdan iborat.
Qayd etish lozimki, bugungi kunga qadar Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Koreya, Turkiya, Qirg‘iziston parlamentlari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda YEXHT, K. Adenauer nomidagi jamg‘arma bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring