“Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida» KQ-174-IV-sonli qaroriga asosan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda uch bosqichli sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va Devoni xodimlaridan iborat boʻlgan jamoalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun kurash olib bormoqda.
Musobaqalar sportning minifutbol va voleybol sport turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida, badminton boʻyicha ayollar oʻrtasida, stol tennisi boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida tashkil etilmoqda.
Bugungi kunga qadar hududlarda ushbu musobaqaning 1-bosqichi yakunlanib, gʻoliblar aniqlandi.
Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Parlament oʻyinlari” sport musobaqasining 2-bosqichi doirasida stol tennisi boʻyicha bellashuv tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati va Toshkent shahri gʻoliblari hamda Senat devoni xodimlari ishtirok etdi.
Qariyb uch soat davom etgan murosasiz bellashuvlarda, Toshkent viloyati Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar Kengashi deputati Aksakalova Kamola va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ziyaxodjayev Shuxratjon hamda Oliy Majlis Senati devoni yetakchi mutaxassisi Achilov Furqat 1-oʻrinni egallab, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar diplomlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
“Parlament oʻyinlari” sport musobaqasining final bosqichi iyun oyida Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Unda 6 ta hududiy bosqich gʻoliblari minifutbol, voleybol, stol tennis va badminton sport turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring