Parijdagi Olimpiada oʻyinlari vaqtida uchar taksilar xizmat koʻrsatishi mumkin
Foto: Reuters
Fransiya boʻlajak Olimpiada oʻyinlari uchun Sena daryosiga qoʻyilgan barjada uchar taksi porti ham joylashishini tasdiqladi. “Aeroports de Paris SA” tomonidan quriladigan vertiport Parij markazidagi “Austerlitz” temir yoʻl vokzali yaqinida joylashtiriladi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Parij meriyasi loyihaga qarshi boʻlib, uchar taksilarning koʻp energiya talab qilishini va xavfli ekanligini iddao qilmoqda. Shu bois hozircha Olimpiada oʻyinlari vaqtida ulardan foydalanish masalasiga aniqlik kiritilmagan.
Ikki oʻrindiqli “VoloCity” taksilarini ishlab chiqqan Yevropa startapi “Volocopter GmbH” hali tijorat parvozlarini tartibga soluvchi sertifikatni olmagan. Shunga qaramay, kompaniya Olimpiada vaqtida koʻrgazmali parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Oʻz navbatida, prezident Emmanuel Makron bu yangilikni Fransiya texnologik innovatsiyalarining ramzi sifatida namoyish qilishni qoʻllab-quvvatlagan.
Parijning haqiqiy maʼnodagi uchar taksilari shu yilning 31-dekabrdan ertalab soat 8:00dan kechki 5:00gacha ishlaydi. Rasmiy qarorga koʻra, sinov muddati davomida soatiga atigi ikkita reys va jami 900 ta reysga ruxsat beriladi. Hukumat ushbu cheklovlarni belgilashda shahar rasmiylari va “Yashillar” partiyasi bilan kelishuvga tayyorligini bildirgan.
Parij meriyasi hukumat ruxsatiga qarshi qonuniy choralar koʻrishni rejalashtirmoqda. Maʼmuriyatga koʻra, ushbu taksilar shovqinning oshishiga, havoni qoʻshimcha ifloslanishiga va yuqori energiya isteʼmoliga olib keladi. Ekofaol Den Lertning fikricha, loyiha faqat boylarga foyda keltiradi.
“Volocopter” vakilining taʼkidlashicha, ularning taksilari mavjud transport tizimlarini toʻldirish uchun moʻljallangan va kompaniya muammolarni hal qilishga tayyor. Kompaniya sertifikatlashtirish jarayonini davom ettirish uchun moliyalashtirishni taʼminlagan. Ammo investorlar yoki moliyalashtirish tafsilotlarini oshkor qilmagan.
Avvalroq, koʻzga koʻrinmas niqobli qalpoqlar kashf qilingani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring