“Parij shahrida boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Parij shahrida boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda olimpiya harakatini yangi bosqichga koʻtarish, xalqimiz oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qoʻshayotgan ulkan hissasi, yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, oʻzining azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani, xususan, Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
Doʻsmatov Xasanboy Marfjon oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Rashitov Ulugʻbek Ismatullayevich — Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
Jamalov Razambek Salambekovich — Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Moʻydinxoʻjayev Asadxoʻja Zohidxoʻja oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Mullojonov Lazizbek Hasanjon oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Xaloqov Abdumalik Anvar oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Abdullayev Gulomjon Ozodovich — Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Djurayev Akbar Xusnidilla oʻgʻli — Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Osipova Svetlana Valeryevna — Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Yusupov Alisher Xalimboyevich — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Azizov Ulugʻbek Azim oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Kiyamova Nellya Esxatovna — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Toʻychiyev Alisher Kurbanovich — Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks boʻyicha murabbiysi
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Polatov Saken Djetibayevich — Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari
Tashmatov Sherzod Rixsibayevich — Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi
“Doʻstlik” ordeni bilan
Qilichev Toʻlkin Maxmurovich — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich — Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks boʻyicha murabbiysi
Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Xan Pavel Afanasyevich — Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Gʻafurov Davron Dilmuradovich — Zangiota tumani sport maktabi boks boʻyicha murabbiysi, Toshkent viloyati
Qilichev Farruh Komilovich — Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks boʻyicha murabbiysi, Toshkent viloyati
Mansurov Dilshod Ismatovich — Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati
Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich — Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Xudayberganov Jamshid Ismailovich — Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo boʻyicha murabbiysi, Xorazm viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring