“Parij-2024” Olimpiadasi chempioni jarohati sabab muhim musobaqani oʻtkazib yuboradi
“Parij-2024” Olimpiadasida chempionlikka erishgan oʻzbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov jarohati tufayli WBC tomonidan tashkil etiladigan Gran-Pri turnirida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “Olamsport.com” sayti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bokschimiz oyogʻidan lat yegan va aprel oyida boʻlib oʻtadigan musobaqa boshlangunga qadar toʻliq tiklanishga ulgurmasligi mumkin. Shu bois, Xalokov ushbu nufuzli musobaqada ringga chiqmaydigan boʻldi.
WBC Gran-Pri musobaqasi 26 yoshdan oshmagan hamda professional boksda 16 ta jangdan kam boʻlgan iqtidorli bokschilar oʻrtasida oʻtkaziladi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh bokschilar oʻz mahoratlarini namoyon etish imkoniga ega boʻladi.
Ushbu nufuzli musobaqada toʻrtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi bahs olib boradi. Turnir yarim yengil, birinchi yarim oʻrta, oʻrta va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Gran-Pri tartibiga koʻra, barcha janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat boʻladi. Final janglari esa 8 raund boʻlishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, barcha ishtirokchilar VADA (Dopingga qarshi ixtisoslashtirilgan tashkilot) protokoliga koʻra tasodifiy testdan oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqada Oʻzbekiston sharafini Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov kabi isteʼdodli bokschilarimiz himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring