Parij-2024 gʻolib va sovrindorlariga qancha pul mukofoti berilishi maʼlum boʻldi
Ayni damda poytaxtdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik sportchilarga qancha mukofot puli berilishi maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga koʻra, Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchiga 200 ming dollar, kumush medali egasiga 100 ming, bronza sohibiga esa 50 ming dollar pul mukofoti berаdi.
Shuningdek, murabbiylar ham mos ravishda 50 ming, 25 ming va 12,5 ming dollardan mukofot pullari olishi aytildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimidagi bayroqdorlari nomi eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring