“Parij-2024”: bugun hamyurtlarimiz 4 ta sport turi boʻyicha maydonga tushishadi (roʻyxat)
Oʻzbekiston delegatsiyasi “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi toʻrtinchi kunini 4 ta sport turi boʻyicha davom ettiradi.
Xususan, akademik eshkak eshish (yakkalik), dzyudo, boks va futbol boʻyicha sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Kunni akademik eshkak eshish boʻyicha qatnashayotgan Anna Prakaten yakkalik bahslariga soat 12:30 (barchasi Toshkent vaqti bilan) da kirishadi. Shuningdek, -81 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev esa soat 13:00 da oʻz tatamisiga koʻtariladi.
Kunning asosiy voqealari boʻlishi kutilayotgan bokschilarimiz ishtirokidagi bahslar soat 16:08 da boshlanadi. Sitora Turdibekova ayollar oʻrtasida -57 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi ringga koʻtarilsa, 19:50 da Nigina Oʻktamova (-54) oʻzining Olimpiadadagi ikkinchi bahsini KXDR vakilasi Cholmi Pangga qarshi oʻtkazadi.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarni Hasanboy Doʻsmatov (-51) ochib beradi. Olimpiyada chempioni hisoblangan Hasanboy 23:15 da puyerto-rikolik Xuanma Lopez de Xesusga imkon qoldirmaslikka urinib koʻradi. 00:05 da esa yana bir umidli bokschimiz Toʻrabek Habibullayev esa -80 kilogrammgacha boʻlgan vaznda taniqli filippinlik charm-qoʻlqop ustasi Eumir Marsialga qarshi ringga koʻtariladi.
Tarixdagi ilk Olimpiadasida muvaffaqiyatsiz qatnashayotgan futbolchilarimiz esa guruhdagi eng soʻnggi uchrashuvini Dominikan Respublikasiga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin soat 18:00 ga rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, ayrim sportchilarimiz muddatidan oldinroq ham bahslarini boshlashi mumkin. Bu asosan, boshqa sportchilarning ishtiroki tez yakunlanishi bilan ham bogʻliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring