Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan (599-son, 14.10.2022-y.) "Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar toʻrt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Mutaxassislarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— pedagogik qayta tayyorlash;
— kasbiy qayta tayyorlash;
— maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish.
Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish);
— ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
— xorijda tajriba orttirish;
— mustaqil oʻqib bilim orttirish;
— masofaviy taʼlim.
Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus oʻquv kurslari taʼlim dasturlarini oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng Institut tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring