Paralimpiya oʻyinlaridagi birinchi oltin medalni qoʻlga kiritildi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining yengil atletika boʻyicha ayollar musobaqasi davom etmoqda.
Qayd etish kerakki, T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yoʻnalishda Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi. Oʻzbekistonlik sportchi 5-urinishda 5,24 metr natija qayd etib oʻzi oʻrnatgan Paralimpiya rekordini yangiladi.
Ushbu natijaga turnirda qatnashayotgan hech qaysi sportchi tomonidan yangilanmadi va shunday qilib Oʻzbekiston vakili Asila Mirzayorova Oʻzbekiston delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni olib keldi. Shuningdek, Mirzayorova Tokio—2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring