Para taekvondo: Bobur Qoʻziyev dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Xabar berganimizdek, oʻtgan haftada Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo boʻyicha Gran-Pri turniri boʻlib oʻtdi.
Yilning soʻnggi yirik musobaqasi yakunida eng yaxshilar ham eʼtirof etildi. Quvonarlisi, para taekvondo boʻyicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qoʻziyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan 102 ta davlat orasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash kerakki, yakuniy 3 ta nomzod orasida hamyurtimizdan tashqari Braziliya va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham joy olgan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston para taekvondo terma jamoasi aʼzolari joriy 2022-yilda 10 ga yaqin nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va ularda 12 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza, jami 38 ta medalga sazovar boʻlishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring