Para yengil atletika: hamyurtlarimiz Gran-Prida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi
Para yengil atletika boʻyicha Tunis mezbonlik qilgan xalqaro Gran-Prining soʻnggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, erkaklar oʻrtasida F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz — Muhammad Rixsimov hamda Qudratullo Maʼrufxoʻjayev sovrindorlar safidan joy oldi.
Rixsimov 13,86 metr natija bilan kumush medalga ega chiqqan boʻlsa, 12,87 metr natija qayd etgan Maʼrufxoʻjayev bronza medaliga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida F13/46 klassida nayza uloqtirish bahslarida esa Shaxinaxon Yigitaliyeva 32,20 metr natija bilan 3-oʻrinni band etdi va terma jamoamiz hisobiga bronza medalini yozdirib qoʻydi.
Shu tariqa para yengil atletika terma jamoamiz Tunis Gran-Prisini 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medal bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring