“Paxtakor” bosh murabbiy Pedru Moreyra bilan hamkorlikni toʻxtatdi
Toshkentning “Paxtakor” klubi portugaliyalik mutaxassis Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni toʻxtatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, murabbiy va klub oʻrtasidagi hamkorlik ikki tomonning kelishuvi asosida bekor qilingan.
«Biz ushbu mutaxassislarning klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning kelasi ishlarida omad tilaymiz.
Shuningdek, ogʻir jarohat sababli may oyida safdan chiqqan yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan ham xayrlashilgan.
Maʼlumot uchun, Pedru Moreyra bilan klub oʻrtasida 2024-yilning dekabr oyida 1+1 koʻrinishida shartnomaga imzolangan edi. Bugungi kunga qadar “Paxtakor” portugaliyalik mutaxassis murabbiyligida 12 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi va ulardan 5 tasida gʻalaba, 7 tasida esa magʻlubiyat qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring