Paxta xomashyosini sotish va sotib olish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

15:34 14 Dekabr 2023 Jamiyat
210 0

Oʻzbekiston Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, 2024-yil hosilidan boshlab:

— paxta xomashyosini yetishtiruvchi xoʻjaliklar va klasterlar oʻrtasida paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuziladi;

— fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek, klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʻz mablagʻlari, shu jumladan jalb qilingan mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotiladi yoki qayta ishlanadi. Bunda, fyuchers shartnomasi boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi mumkin;

— paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta) toʻliq hajmda birja orqali sotiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?