Paxta yetishtiruvchilar QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin

14:05 28 Avgust 2023 Iqtisodiyot
542 0

«Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra:

2023 yil hosilidan boshlab, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xom ashyosi to‘liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;

qo‘shilgan qiymat solig‘ini paxta xom ashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatiga qadar to‘lash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026 yil 1 aprelga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o‘z muddatida amalga oshirilmagan taqdirda yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari)ga uch oy muddatga teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;

paxta-to‘qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasini qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS byudjetga to‘lab berilganidan so‘ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

2023 yil 5 sentyabrga qadar hududlar va klasterlar kesimida paxta xom ashyosini yig‘ib olish bilan bog‘liq ma’lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushiriladi, 2023 yil 15 sentyabrdan boshlab esa «Agroplatforma» axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Ushbu axborot tizimining «Agroplatforma»ga integratsiyalashuvi nima beradi:

paxta yetishtirish sohasidagi turli ishtirokchilar o‘rtasida ma’lumot almashish va muvofiqlashtirishni takomillashtiradi;

bu sanoatda samaradorlik va shaffoflikni oshirishga olib keladi hamda bozor tendensiyalarini aniqroq tahlil va prognoz qilishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер