“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining sement ishlab chiqarish soxasida ekologik siyosati

18:59 02 Fevral 2024 Iqtisodiyot
836 0

Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda atrof tabiiy muhitga taʼsir qilish xavfi yuqori boʻlgan xoʻjalik subyektlarining atrof-muhitga boʻlgan taʼsirining monitoringini kuchaytirilishiga, mazkur soha takomillashtirilishiga va raqamlashtirilishiga yoʻnaltirilgan Hukumatning bir qator qarorlari qabul qilingan. Xususan, atrof-muhitga taʼsiri xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimi tatbiq etilishi boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi Davlat dasturida 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentyabrdagi 737-son va “Sement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 223-son qarorlarida koʻzda tutilgan.

Qayd etilgan xujjatlarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash doirasida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xamda I-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari xamkorligida 2021-2025-yillarga moʻljallangan “Tarmoq jadvali” ishlab chiqilgan, kelishilgan va tasdiqlangan. Belgilangan tarmoq jadvali asosida sohada faoliyat olib borayotgan 37 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2022-2023-yillarda 10 tasida (27 %) avtomatik stansiya va 1 ta korxonada statsionar kuzatuv punkti oʻrnatilgan (ilovada taqdim etiladi).

Yuqoridagi hujjatlar ijrosini toʻliq taʼminlash maqsadida Davlat ekologiya qoʻmitasi va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xamkorligida Oʻz DSt 3605:2022 “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar” Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 18-martdagi 05-1391-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 2022-yil 26-aprel kuni 79-son bilan hisobga olingan.

- Mazkur davlat standarti atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni va ifloslantiruvchi moddalar koʻrsatkichlari hisobini uzluksiz ravishda instrumental nazorat qilib borishga moʻljallangan avtomatik nazorat tizimlariga (avtomatik stansiyalarga) qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Qabul qilingan davlat standarti mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan xoʻjalik subyektlar oʻrtasida 2021-2023-yillar mobaynida seminarlar turkumi oʻtkazildi, jumladan: “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xamda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani xokimligi xamkorligida Oʻzbekiston tumani Shoʻrsuv shagʻarchasida sement, gʻisht va oxak ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari uchun: 2022-yil fevral xamda may oylarida, 2023- yil iyun oyida chang-gaz tozalash uskunalarini taʼmirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshiruvchi pudrat korxonalar, avtomatik stansiyalarni oʻrnatish, moslashtirish va ishga tushiruvchi pudrat kompaniyalar bilan oʻquv-seminar mashgʻulot ishlarini (maʼlumot va texnik maslahat koʻrsatish) tashkillashtirdi.

Xoʻjalik subyektlarining ifloslashtirish manbalarida oʻrnatiladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish (tashlash)ni hisobga olish boʻyicha avtomatik stansiyalar majburiy tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasining Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga ulanishi lozim.

Bunday zamonaviy avtomatik nazorat tizimlar (avtomatik stansiyalar) oʻrnatilishi natijasida xoʻjalik subyektlarning faoliyatini xalqaro talablarga muvofiqlashtiriladi, favqulodda vaziyatlarni va avariyaviy holatlarni oldini olishga hamda aholi salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan tezkor choralar qabul qilinishiga erishiladi.

Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?