“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi oʻrinbosari 39 yoshida vafot etdi

14:05 14 Oktyabr 2020 Jamiyat
1418 0

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari Ulugʻbek Abrayev 2020-yil 14-oktyabr kuni ogʻir xastalik oqibatida 39 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Ulugʻbek Abrayev Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tugʻilgan. 2003-yili Toshkent moliya institutini magistratura (kunduzgi) yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash boʻlimida boshlagan. 2004-2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qildi. 2019-yilda AT “Poytaxtbank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida ishladi. 2019-yildan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?