«Oʻzmetkombinat» boshqaruv raisi 42 yoshida vafot etdi

13:33 08 Sentyabr 2020 Jamiyat
2417 0

«Oʻzmetkombinat» AJ boshqaruv raisi Sergey Anatolevich Vyunenko vafot etdi. Bu haqda «Oʻzmetkombinat» AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

"Sergey Anatolevich qisqa davom etgan kasallik tufayli 2020-yil 8-sentyabrda vafot etdi.

Sergey Anatolevich 1978-yilda Qozogʻistonning Pavlodar shahrida tugʻilgan. Yevroosiyo Innovatsion universitetini tamomlagan. Sergey Anatolevich butun umrini metallurgiya sanoatiga bagʻishladi. Mehnat faoliyatini 1998-yilda «Qozogʻiston alyumin» aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik operator, poʻlat quyuvchi, “Kasting” MCHJda uzluksiz quyish mashinasi brigada boshligʻi vazifalaridan ishladi.

2008-yildan Qozogʻistonning yirik metallurgiya korxonalarida turli masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.

“KSP Steel” metallurgiya ishlab chiqarish boshqarmasi ( avvalgi Qozogʻiston choksiz quvur zavodi) da uzluksiz quyish mashinasi uchastkasi ustasi, metallurgiya ishlab chiqarish boshqarmasining oʻrinbosari, metallurgiya ishlab chiqarish boshligʻi, quvurlarni prokatlash boʻyicha ishlab chiqarish boshligʻi, quvurlarni prokatlash zavodi direktori, quyish-temirchilik sexining boshligʻi, Aktyubinsk rels toʻsinlari zavodi"ning texnik direktori, ishlab chiqarish boʻyicha direktori vazifalarida faoliyat koʻrsatgan.

2017-yildan boshlab Sergey Anatolevich Vyunenko «Oʻzmetkombinat» AJda ish boshlagan. Dastlab u kombinat bosh muhandisi, boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, boshqaruv raisining ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2020-yildan esa «Oʻzmetkombinat» AJning boshqaruv raisi vazifalarida mehnat qilib kelgan", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?