“Oʻzgidromet” jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

01:10 23 Yanvar 2025 Jamiyat
266 0

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 23—27-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli Respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi borligini maʻlum qilib, jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi.

“Jumladan, Toshkent viloyati Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari) hamda Namangan viloyati Pop tumanida havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli qor koʻchishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?