“Oʻzgidromet” togʻli hududlarga sel kelishidan ogohlantirdi

15:22 15 May 2024 Jamiyat
404 0

Joriy yilning 16-22-may kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda momaqaldiroq boʻlib, kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetib, chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.

16-22-may kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Koʻkdala, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralari koʻrilishi soʻralgan, Gidrometeorologik markazining xabarida.

Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?