“Oʻzgidromet” 9 ta viloyatda sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfidan ogohlantirdi

11:10 07 May 2024 Jamiyat
261 0

Arxiv surat

9-11-may kunlari Oʻzbekiston hududida sel-suv toshqin hodisasi yuzaga keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 9-11-may kunlari Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Shuningdek, 9-12-may kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida, jumladan:

• Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;

• Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

• Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

• Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

• Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

• Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi “Oʻzgidromet” xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?