Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.
Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan yaqin doʻstona va ishonchli munosabatlar tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilganini, barcha sohalarda yaqin sheriklik faollashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shu yil 7-mart kuni Jidda shahrida boʻlib oʻtgan IHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning ishtiroki yuqori baholandi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-maʼrifiy va diniy sohalardagi islohotlar haqida soʻzlab berildi.
Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017-2021-yillarda ham Oʻzbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tamomlagan. Arab va ingliz tillarida mukammal soʻzlashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring