Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: OʻzA
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Diplomat 47 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.
Nurimbetov mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan.
2003-yildan buyon TIV tizimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xususan, oʻtgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, Oʻzbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari darajasiga koʻtarilgan.
Bundan tashqari, 2018-2024-yillarda Oʻzbekistonning SHHT ishlari boʻyicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan. Nemis, ispan va ingliz tillarini mukammal biladi.
Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024-yillarda Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir Gʻaniyevning oʻrniga tayinlandi. U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring