Oʻzbekiston elchisi Fransiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning yangi elchisi Nodir Gʻaniyev kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbatda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Toshkent va Parij oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuqori baholagan.
Shuningdek, u 2023-yil noyabr oyida Samarqandga boʻlgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish va Oʻzbekiston bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini taʼkidlagan.
Tadbir davomida Fransiya yetakchisiga Oʻzbekiston elchisi bilan bir qatorda yana 20 ta xorijiy mamlakatlarning elchilari oʻz ishonch yorliqlarini topshirgan.
Makron elchilarni ushbu lavozimga kirishishlari bilan tabriklab, ularga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilagan.
Maʼlumot uchun, Nodir Gʻaniyev 13-iyul kuni Parij shahriga Oʻzbekistonning yangi elchisi sifatida yetib kelgandi. U shu kunga qadar Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.
Undan avval esa TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring