Oʻzbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
Foto: “Dunyo”
Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maʼlum qilinishicha, elchi Kipr Prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Kipr Prezidenti xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga oʻz vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga ham alohida toʻxtalib oʻtgan.
“Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz” dedi Kipr yetakchisi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Kipr oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yilning 30-mayida oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring