Oʻzbekistonning insonparvarlik tashabbusi doirasidagi saʼy-harakatlari Kuvayt OAV nigohida

21:43 04 Yanvar 2025 Dunyo
463 0

Kuvaytning arab tilidagi “Al-Jarida” gazetasi hamda “Q8 Press” elektron nashrida “Gʻazo sektoridan 100 nafar bola va ayol Oʻzbekistonga davolanish uchun keldi” nomli maqolalar eʼlon qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Maqolalarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Gʻazo sektoridan kelgan 100 ga yaqin falastinlik bolalar va ayollarni oʻz shifoxonalarida bepul davolash uchun qabul qildi.

Nashrlar, shuningdek, Oʻzbekiston milliy axborot agentligining xabariga tayangan holda, “Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida boʻlib oʻtgan Arab-Islom sammitida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz mamlakati urush oqibatlaridan aziyat chekkani falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston kasalxonalarida bepul davolashga tayyorligini tasdiqlagan”, - deya eʼtirof etishgan.

Qayd etilishicha, 26-dekabr kuni Oʻzbekiston tomonidan Misrga maxsus samolyot joʻnatilgan hamda 100 nafar falastinlik va ularning hamrohlari Toshkentga yetkazilib, shifoxonalarga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?