Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” 9-aprel, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 16-18° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring