Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 15-aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

06:50 15 Aprel 2024 Jamiyat
429 0

“Oʻzgidromet” 15-aprel, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 15-17° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?