Oʻzbekistonning 2024-yilgi eng yaxshi sportchilari aniqlandi

18:28 23 Dekabr 2024 Sport
712 0

Foto: MOQ

Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqida OʻzA xabar berdi.

Marosimda bir necha yoʻnalishlarda yilning eng yaxshilari nomi eʼlon qilindi. Unga koʻra, dzyudo boʻyicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova eng yaxshi ayol sportchi, ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov eng yaxshi erkak sportchi, Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov esa yilning eng yaxshi yosh sportchisi deya eʼtirof etildi.

Barcha gʻoliblar roʻyxati quyidagicha koʻrinishga ega:

• Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Doʻsmatov (boks)

• Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)

• Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)

• Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para taekvondo)

• Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

• Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

• Sport targʻiboti yoʻlidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)

• Yilning eng faol sport targʻibotchisi: Nodir Toʻychiyev

• Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (OʻzA)

• Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)

• Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)

• Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullayeva (ogʻir atletika)

• Yuksalayotgan federatsiya: Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

• Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

• Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

• Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

• Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

• Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov

• Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)

• Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Roʻza Qoʻziyeva (para pauerlifting)

• Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)

• Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)

• Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер