Oʻzbekistonlik yoshlar Jahon chempionatida 10ta medalga sazovor boʻldi

22:28 24 Aprel 2021 Sport
1147 0

Xabar berganimizdek, shu yil 13-23-aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa hamyurtlarimiz uchun nihoyatda omadli keldi va yakunda yosh bokschilarimiz JCHdan naqd 10 (!)ta medal bilan qaytadigan boʻlishdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida yigitlar oʻrtasida 91 kgdan yuqori vazn toifasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov finalda armanistonlik Ovanes Papazyanga qarshi jang qildi va raqibini uchinchi raundda nokaut holatiga tushirdi.

Taʼkidlash kerak, Jahongir jizzaxlik taniqli bokschi, Jahon kubogi sohibi Lazizbek Zokirovning oʻgʻli boʻladi. Bundan koʻrinib turibdi, ot izini toy bosmoqda.

Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi jami 18 nafar bokschi bilan (10 nafar yigit, 8 nafar qiz) ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga koʻra, terma jamoamiz bokschilari Oʻzbekistonga 10ta medal bilan qaytishmoqda.

Quyida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi JCHda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Yigitlar:

Oltin medal:

-52 kg: Shahzod Muzaffarov,

+91 kg: Jahongir Zokirov,

Bronza medali:

-69 kg: Aʼloxon Abdullayev,

-81 kg: Shohjahon Abdullayev,

Qizlar:

Oltin medal:

-54 kg: Nigina Oʻktamova,

Kumush medal:

-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva,

Bronza medali:

-57 kg: Sitora Turdibekova,

-60 kg: Dilfuza Bekova,

-69 kg: Xadichabonu Abdullayeva,

-75 kg: Sohiba Roʻzmetova.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston delegatsiyasi boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionatidan Varshava – Istanbul – Toshkent aviareysi bilan 24-apreldan 25-aprelga oʻtar kechasi soat 01:00da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻnadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?