Oʻzbekistonlik sanʼatkorlar 7-Chejudo xalqaro xor festivali va simpoziumida ishtirok etadi

13:44 21 Fevral 2023 Madaniyat
560 0

21-22-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Chejudo provinsiyasida «7-Chejudo xalqaro xor festivali va simpoziumi» boʻlib oʻtadi.

 

 

Ushbu madaniy tadbirda Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi jamoasi va “Bahor” davlat raqs ansambli raqqosalari ham ishtirok etishadi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonning boy madaniy merosini va milliy qoʻshiqchilik anʼanalarini mahalliy hamda xorijiy sayyohlar orasida keng targʻib qilishdan iborat.

Simpozium doirasida Chejudo provinsiyasi gubernatori O Yun-Xun hamda Janubiy Koreya Madaniyat va sanʼat markazlari assotsiatsiyasi prezidenti Li Sыnchjon bilan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda “Oʻzbekiston sanʼati va madaniyati” mavzusida taqdimot oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?