Oʻzbekistonlik professorni Parij xalqaro moda akademiyasi taqdirladi
Xabaringiz bor, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro modalar akademiyasi (AICP) hamkorligida qoʻshma fakultet tashkil etilgan. Ushbu qoʻshma fakultet Markaziy Osiyoda ayni yoʻnalish boʻyicha faoliyat yuritayotgan yagona dargoh hisoblanadi.
Xususan 4-dekabr kuni kuni Moda va dizayn kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, AICP bloki rahbari Umida Moʻminova Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali modelist diplomi bilan taqdirlandi.
“Institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro darajada tan olinishi quvonarli hol. Shunday ekan kelgusida safar talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan ham tabriklashimizga ishonaman. Boisi oliygohimizda tahsil olayotgan yoshlarning deyarli barchasi isteʼdodli. Ularni kashf qilish uchun professorlarimiz va oʻqituvchilarimizning bilim hamda malakalari yetarlicha. Sizlarning yuqori natijalarga erishishingiz uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz”, dedi tadbirda institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov.
Prorektorga koʻra, OTMda yana bir qoʻshma taʼlim dasturi amalga oshirilmoqda. Hozirda uning qabul jarayonlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring