Oʻzbekistonlik futbolchilar “CAFA Womenʼs Championship 2022” turnirida gʻolib boʻldi
Arxiv surat
Tojikistonda boʻlib oʻtgan xotin-qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha “CAFA Womenʼs Championship 2022” xalqaro turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi gʻoliblikka erishdi.
Musobaqa davomida Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalarini bir xil — 0:6 hisobida magʻlubiyatga uchratgan vakillarimiz Qirgʻiziston futbolchilarini yanada yirikroq 7:0 hisobida magʻlub etishdi. Bosh sovrin masalasini hal qiluvchi bellashuvda esa futbolchilarimiz eronlik raqiblaridan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona golga hamyurtimiz Maftuna Shoyimova mualliflik qildi.
Eʼtiborli jihati, terma jamoamiz musobaqa davomida birorta gol oʻtkazib yubormadi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, 2018-yilda oʻtkazilgan ushbu musobaqada ham Oʻzbekiston terma jamoasi gʻoliblikka erishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring