Oʻzbekistonga yarim yilda 48,5 ming xorijlik davolanish maqsadida kelgan

20:53 13 Avgust 2025 Jamiyat
225 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijlik fuqarolar soni 48,5 ming nafardan oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar iyun oylarida qariyb 5,3 mln nafar xorijlik fuqaro turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Ularning safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

• qarindoshlarni yoʻqlash – 3 596 799 nafar;

• sayohat – 783 696 nafar;

• xizmat yuzasidan – 594 023 nafar;

• tijorat – 223 581 nafar;

• davolanish – 48 557 nafar;

• oʻqish – 9 546 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?