Oʻzbekistonga qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida kelgan germaniyaliklar soni ochiqlandi
Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgani haqidagi xabar berdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha qarindoshlarni yoʻqlash ikkinchi oʻrinda turadi. Qayd etilishicha, ushbu maqsadda 2 189 nafar germaniyaliklar tashrif buyurgan.
Safar maqsadlari boʻyicha ketma-ketlik quyidagicha:
1) dam olish – 15 303 nafar;
2) qarindoshlarni yoʻqlash – 2 189 nafar;
3) xizmat yuzasidan – 846 nafar;
4) tijorat – 44 nafar;
5) oʻqish – 20 nafar;
6) davolanish – 7 nafar.
Avvalroq, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring