Oʻzbekistondan Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi

Oʻzbekiston tomonidan davomli musson yomgʻirlari va suv toshqinlaridan jabr koʻrgan qardosh Pokiston xalqiga yordam berish maqsadida yuborilgan insonparvarlik yuki bugun Islomobod aeroportiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Oʻzbekiston harbiy havo kuchlari maxsus samolyoti oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlari, boshqa tovarlardan tashkil etilgan 40 tonnaga yaqin begʻaraz yordamni yetkazib berdi. Ushbu mahsulotlar tabiiy ofatdan eng koʻp zarar koʻrgan hududlarga yuboriladi.
Islomobod xalqaro aeroportida yukni Pokiston fan va texnologiyalar federal vaziri Aga Hasan Baloch ushbu mamlakat hukumati nomidan qabul qilib oldi.
Bugun biz uchun shunday sinovli va murakkab boʻlgan kunlarda birinchilardan boʻlib yordam qoʻlini choʻzgan oʻzbek qardoshlarimizning samimiy hamdardlik tuygʻulariga guvoh boʻlyapmiz, — dedi vazir. — Pokiston hukumati va xalqi qardosh Oʻzbekiston rahbariyati va xalqining saxovatini yuksak qadrlaydi.
Pokiston tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boʻyicha departamenti bosh direktori Shoh Faysal Kakar ham oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bir necha hafta davomida Pokistonda misli koʻrilmagan musson yomgʻirlari va suv toshqinlari millionlab oilalar kundalik hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Ayniqsa, Balujiston va Sind viloyatlari aholisi eng koʻp zarar koʻrdi. Yuz minglab odamlar boshpanasiz qoldi.
OAV xabarlariga koʻra, kuchli yomgʻir va keng qamrovli suv toshqinlarining halokatli oqibatlari natijasida 1000 dan ortiq kishi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring