Oʻzbekistondagi birinchi ŠKODA avtomobili ŠKODA KODIAQ boʻladi

16:22 08 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
1241 0

2020-yil oktabr oyida “Jizzax avto” MCHJ “Folksvagen” konserniga tegishli ŠKODA brendini taqdim etadi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

ŠKODA KODIAQ ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: besh oʻrindiqli Ambition va yetti oʻrindiqli Style. Mahalliy bozor uchun ushbu model sigʻimi 2,0 litrlik, quvvati 180 ot kuchiga ega boʻlgan turbo dvigatel, yetti bosqichli robotlashtirilgan, eng soʻnggi avlod DSG qutisi, toʻliq uzatma va panorama lyuk bilan taqdim etiladi.

 ŠKODAning debyut modeli xavfsizlik sohasida ekspertlarning maksimal bahosini olgan: European New Car Assessment Programme mustaqil sinovlar natijalariga koʻra, ushbu yoʻltanlamasga eng yuqori reyting – besh yulduz berilgan” deb qayd etdi “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Sardor Tadjiyev.

Dilerlik tizimi va servis koʻrsatish jarayonlariga alohida eʼtibor berish rejalashtirilgan. Shu sababli, poytaxtda ikkita ŠKODA dilerlik markazi (Sergeli Autotexxizmat va Driverʼs Village) ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda, Qoʻqonda esa yana bir (Kokand Auto Trade) dilerlik markazining qurilish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu avtosalonlarda avtomobil xarid qilish, kafolat va sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Avtomobillar narxlari oktyabr oyida eʼlon qilinadi, shunda avtomobil qiymatining bir qisimni toʻlab, oldindan buyurtma berish mumkin boʻladi. Dastlabki avtomobillarning yetkazib berilishi joriy yilning noyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?