Oʻzbekistondagi ayrim maktablarda fanlar chet tilida oʻqitiladi
Arxiv surat
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistondagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ayrim fanlar chet tilida oʻqitiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 1-aprelda qabul qilingan «Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq 2024/2025-oʻquv yilidan Oʻzbekistondagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish boʻyicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Bundan tashqari, 2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Mazkur maktablarda oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi.
Oʻquvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida koʻmak koʻrsatiladi.
Oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etiladi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar bilan tanishtiriladi.
Oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida «Yosh akademiklar» klublari tashkil etiladi.
Har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi «Ixtirochilikka qadam» tanlovi oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring