Oʻzbekistondagi 2 ta universitet TOP-500 talik reytingdan oʻrin egalladi
Foto: Arxiv surat
Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston oliygohlari ilk bor sohalar boʻyicha reytingda ishtirok etdi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik va texnologiya” sohasi boʻyicha reytingda 451–500-oʻrin va “Tabiiy fanlar” boʻyicha 501–520-oʻrinni egalladi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda koʻrilgan boʻlsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.
“QS World University Rankings by Subject” – dunyo universitetlarini 51 ta fan sohasi boʻyicha ish beruvchilar va xalqaro ilmiy jamiyat oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnoma, yaʼni fan sohalarida oliy taʼlim muassasasining nufuzi, “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida nashr etilgan ilmiy maqolalarga iqtiboslar va “Xirsh” indeksi, shuningdek xalqaro hamkorlik koʻrsatkichlarini International Research Network (IRN) maʼlumotlarining baholanishini nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring