Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

06:20 24 Avgust 2024 Jamiyat
266 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.

Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.

Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.

“Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер