Oʻzbekistonda yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushiriladi
Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga ikki oy muddatda har bir viloyat-tuman-mahalla kesimida ijtimoiy va kriminogen muammolarni raqamlashtirish orqali “Ijtimoiy vaziyat” axborot tizimini ishga tushirish topshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bunda, aholi noroziligiga sabab boʻlayotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri shakllantiriladi, masʼul idoralarning kuchi muammoga qarab manzilli yoʻnaltiriladi.
Bundan buyon viloyat va tuman ichki ishlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va shahar kengashlariga jinoyatchilik ahvoli boʻyicha hisobot berishi belgilandi.
Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.
Ushbu tizim 2024-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 1-iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shart.
Shu orqali navbatchilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring