Oʻzbekistonda “Tadbirkorlik kodeksi” qabul qilinadi. Hozircha bizga nimalar maʼlum?
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda muhokama qilindi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bergan.
Deputatlar ushbu kodeksdan koʻzlangan asosiy maqsad tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni yagona hujjat bilan tartibga solish, davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlik sohasida yagona yondashuvni belgilash ekanligini bildirgan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu loyiha bilan tadbirkorlik subyektlari kichik, oʻrta va yirik toifalarga ajratilmoqda.
Shuningdek, deputatlar tomonidan birinchi oʻqilishda berilgan barcha takliflar Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining ishchi guruh yigʻilishlarida chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyat qismi hujjat matnida oʻz aksini topdi.
Qayd etilishicha, kodeks fermer va dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish va ularning mulkiy huquqlari, shuningdek, ijtimoiy korxonalarning huquqlari kafolatlarini mustahkamlovchi normalar bilan boyitilgan.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi har tomonlama maromiga yetkazilgani bildirib, qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qilishdi.
Avvalroq, Doniyor Gʻaniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligidan ketgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring