Oʻzbekistonda saksovul ekuvchi uchta robot yasash uchun 35 ming dollar berilgan — YUNISEF

14:46 13 Avgust 2021 Jamiyat
1154 0

Oʻzbekistonda 2019-yilda saksovul ekish mashinasining birinchi prototipi loyihalashtirilgan. Bu haqda YUNISEF maʼlum qildi.

Unga koʻra, sinov paytida urugʻlar urugʻ sepkichda tiqilib qolgan va ushbu mashina yaratuvchisi Rustamjon 2 oy davomida urugʻ sepkichni tekshirib koʻrgan.

Qayd etilishicha, shundan soʻng u 2019-yil aprel oyida yangi urugʻ oʻlchagichni ixtiro qildi va sinov uchun kichik urugʻ ekish modelini yaratdi. Urugʻ oʻlchagichining kichikligiga qaramay, prototip oʻz vazifasini aʼlo darajada bajardi. 

«U loyihani mahalliy hokimiyat organlariga 2019-yil sentyabr oyida YUNICEF va milliy sheriklar tomonidan Moʻynokda HCD metodologiyasi (UPSHIFT/APSHIFT) asosida oʻtkazilgan “Yoshlar ovozi masalalari” maslahatlashuvlarida taqdim etish imkoniyatiga ega boʻldi. 

Rustamning jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining grantiga sazovor boʻldi. Ularga saksovul ekish uchun ishlatiladigan uchta robotni yasash uchun 35 ming AQSH dollari berildi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?