Oʻzbekistonda rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi
“Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi.
Shunga koʻra, mazkur rekreatsion koʻllar hududida 2021–2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida rekreatsion koʻllar hududida qutqaruv brigadasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish orqali har biri 5 yillik davrni oʻz ichiga olgan 3 bosqichli quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchi bosqichda, jami 204 oʻrinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
Ikkinchi bosqichda, Aydarkoʻl atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sogʻlomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
Uchinchi bosqichda, 300 oʻrinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 oʻringa moʻljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Rekreatsion koʻllar hududi va unga olib boruvchi 271 km yoʻllar taʼmirlanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring