O‘zbekistonda rasmiy taksi haydovchilari qancha daromad olmoqda?

O‘zbekistonda Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan taksi agregatorlari soni 142 taga yetdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avval norasmiy ishlab kelgan yarim million nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming nafar) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ortig‘i agregatorlar orqali xizmat ko‘rsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ikki barobar ko‘p.
2024-yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 milliondan ortiq qatnov uchun 3 trillion so‘mlik fiskal chek berildi. To‘lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
- 125,6 ming nafari —1 million so‘mgacha;
- 104 ming nafari — 1-5 million so‘m;
- 45,3 ming nafari — 5-10 million so‘m;
- 78 ming nafari — 10-50 million so‘m;
- 7,6 ming nafari — 50-100 million so‘m.
171 nafar haydovchining daromadi 100 million so‘mdan oshgan.
Bundan ko‘rinadiki, har uchinchi haydovchining oylik daromadi 1 million so‘mdan oshmaydi.
Bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi — 18 003 so‘m.
O‘zini band qilgan haydovchilarning 39,5 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan, 33,8 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar, 6,7 foizini esa 50 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilar tashkil etadi.
Taksichilik uchun eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar Nexia (22, 3 foiz), Cobalt (19,7 foiz), Lacettidir (16,4 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda Spark (13,2 foiz), Matiz (9,7 foiz), Tracker (0,9 foiz), Malibu (0,7 foiz) va boshqa avtomobillar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring