Oʻzbekistonda qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar roʻyxati muhokamaga qo'yildi
Illyustrativ foto
Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatini, shuningdek qurolga egalik qiladigan fuqaro va xodimlar tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibini belgilash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi eʼlon qilindi
Mazkur qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019-yil 19-avgustda 25/1-2504-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonunining ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat rejasi”ga muvofiq ishlab chiqildi.
Qaror loyihasi 1-ilovasidagi tibbiy moneliklar roʻyxati hamdoʻstlik mamlakatlari Rossiya va Belorussiya qonunchiligi bilan solishtirildi. Qurolga egalik qiluvchi fuqarolar ikki toifaga ajratildi: fuqaroviy qurolga egalik qiluvchi fuqarolar (ovchi, sportchi va hakazo) hamda xizmat quroliga egalik qiluvchi korxona va tashkilotlarning qurol biriktirilgan xodimlari (bank inkasatori, sudyalar va hokazo). Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiqlashtirilgan holda xizmat quroliga egalik qilish, uni ishlatishga ruxsat berilgan qoʻriqlash ishlarida korxona va tashkilotlarning qurol biriktirilgan xodimlarini tibbiy tekshiruvdan oʻtish muddati, tibbiy tekshiruvda ishtirok etishi lozim boʻlgan mutaxassislar, laborator va funksional tekshiruv usullari roʻyxati ishlab chiqildi. Bu roʻyxatda fuqaroviy va xizmat quroliga egalik qilishga tibbiy monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati koʻrsatildi.
Roʻyxatda keltirilgan tibbiy moneliklarni aniqlash va tashxislash uchun keltirilgan mutaxassislar, laborator va funksional tekshiruv usullari roʻyxati mos asosda aniqlab belgilandi.
Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati 1- ilova va qurolga egalik qiluvchi fuqarolarning tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2- ilovaga muvofiq tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
1-ilovada qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati koʻrsatib oʻtilgan. Quyida mazkur roʻyxat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar:
I. Ruhiy va asab kasalliklari:
1. Organik va simptomatik buzilishlarni oʻz ichiga qamrab olgan ruhiy buzilishlar (demensiya; alkogol va boshqa ruhiy faol moddalar sabab boʻlmagan organik amnestik sindrom va deliriy; bosh miya zararlanishi yoki disfunksiyasi yoxud fiziologik kasalliklar natijasidagi ruhiy buzilishlar; bosh miya kasalligi, jarohati yoki disfunksiyasi sababli kelib chiqqan shaxs va xulq atvor buzilishi).
2. Shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlar (shizofreniya, shizoptik buzilishlar, surunkali va indutsirlangan vasvasa buzilishlar, shizoaktiv, oʻtkir, tranzitor, noorganik yoki boshqa aniqlanmagan psixotik buzilishlar).
3. Affektiv buzilishlar (manikal va depressiv epizod, bipolyal affektiv, surunkali, aniqlanmagan yoki boshqa affektiv buzilishlar).
4. Stress bilan bogʻliq nevrotik va somatoform buzilishlar.
5. Voyaga yetganlarda shaxs va xulq atvor buzilishi.
6. Aqliy zaiflik.
7. Epilepsiya va epileptiform sindromi.
8. Vegeto-sosudli distoniya sinkopal holatlar bilan.
II. Koʻz kasalliklari:
1. Koʻrish funksiyasining sezilarli darajada buzilishi bilan bogʻliq koʻz pardalarining surunkali kasalliklari.
2. Koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan bir koʻzda 0,5 (50%)dan pastligi, ikkinchi koʻzda 0,2 (20%) dan pastligi.
3. Koʻz toʻr pardasi va koʻrish nervining kasalliklari (pigmentli retinit, koʻrish nervi atrofiyasi, toʻr parda koʻchishi va boshqa).
4. Glaukoma dekompensatsiya davri.
III.Tayanch-xarakat tizimi kasalliklari, shikastlanishlari va ularning asoratlari:
1. Qoʻl harakatlarini oʻrta va ogʻir darajadagi cheklanishiga olib keluvchi, qoʻl (ikkala qoʻl) kasallik, shikastlari hamda ularning asoratlari:
qoʻlning (ikkala koʻl sohasidan qatʼiy nazar) yoʻqligi;
kaftning siqish va ushlab turish faoliyatini oʻrta va ogʻir darajada buzilishiga olib keluvchi (bilak, kaft, barmoqlar va falangalarning) kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
2. Boʻyin harakatini sezilarli chegaralanishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
3. Funksional faoliyat buzilishi bilan kechuvchi harakat aʼzolarining tugʻma va orttirilgan nuqsonlari (bolalar serebral falajligi, poliemilit asoratlari, pleksitlar).
2. Xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar:
I. Ruhiy va asab kasalliklari:
1.Organik va simptomatik buzilishlarni oʻz ichiga qamrab olgan ruhiy buzilishlar (demensiya; alkogol va boshqa ruhiy faol moddalar sabab boʻlmagan organik amnestik sindrom va deliriy; bosh miya zararlanishi yoki disfunksiyasi yoxud fiziologik kasalliklar natijasidagi ruhiy buzilishlar; bosh miya kasalligi, jarohati yoki disfunksiyasi sababli kelib chiqqan shaxs va xulq atvor buzilishi).
2. Shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlar (shizofreniya, shizoptik buzilishlar, surunkali va indutsirlangan vasvasa buzilishlar, shizoaktiv, oʻtkir, tranzitor, noorganik yoki boshqa aniqlanmagan psixotik buzilishlar).
3. Affektiv buzilishlar (manikal va depressiv epizod, bipolyal affektiv, surunkali, aniqlanmagan yoki boshqa affektiv buzilishlar).
4. Stress bilan bogʻliq nevrotik va somatoform buzilishlar.
5. Voyaga yetganlarda shaxs va xulq atvor buzilishi.
6. Aqliy zaiflik.
7. Epilepsiya va epileptiform sindromi.
8. Vegeto-sosudli distoniya sinkopal holatlar bilan.
II. Koʻz kasalliklari:
1. Koʻrish funksiyasining sezilarli darajada buzilishi bilan bogʻliq koʻz pardalarining surunkali kasalliklari.
2. Koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan bir koʻzda 0,5 (50%)dan pastligi, ikkinchi koʻzda 0,2 (20%) dan pastligi.
3. Koʻz toʻr pardasi va koʻruv nervining kasalliklari (pigmentli retinit, koʻrish nervi atrofiyasi, toʻr parda koʻchishi va boshqa).
4. Glaukoma dekompensatsiya davri.
III. Quloq kasalliklari:
Eshitish zaifligi (Garanglik IV va undan yuqori darajasi).
IV.Tayanch-harakat tizimi kasalliklari, shikastlanishlari va ularning asoratlari:
1. Qoʻl harakatlarini oʻrta va ogʻir darajadagi cheklanishiga olib keluvchi qoʻl (ikkala qoʻl) kasalligi, shikastlari hamda ularning asoratlari:
qoʻlning (ikkala koʻl sohasidan qatʼiy nazar) yoʻqligi;
kaftning siqish va ushlab turish faoliyatini oʻrta va ogʻir darajada buzilishiga olib keluvchi (bilak, kaft, barmoqlar va falangalarning) kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
2. Boʻyin harakatini sezilarli chegaralanishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
3. Tayanch-harakat tizimi faoliyatini (koʻl, oyoq va umurtqa) oʻrta va ogʻir darajada buzilishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
V. Noinfeksion va infeksion kasalliklar:
Qon aylanishi yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak kasalliklari.
Yaqqol ifodalangan oʻpka-yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali oʻpka kasalliklari.
Gipertoniya kasalligi III bosqichi.
Bronxial astma ogʻir turi;
Jigar sirrozi;
Buyrak yetishmovchiligi asoratlangan surunkali buyrak kasalliklari;
Tireotoksikoz (gipertireoz).
Tuberkulyozning har qanday faol turlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring